
Perishich yangi mavsumni "Monako"da boshlashi mumkin
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "Monako"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Aytish kerakki, Perishich jamoaning yangi ustozi Antonio Kontening rejalariga kirmaydi va shu sababli “neradzurrilar” uni sotib yuborishga tayyor.
Ma’lumotu chun, Ivan o‘tgan mavsum “Inter” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblarid darvozasiga 8ta gol urishga erishdi.
Fikrlar