Pele: Rekordimni yangilashi uchun Neymarga muxlislik qilaman

  • 18 iyun, 2021, 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol qiroli Pele instagramdagi sahifasida hamyurti Neymar haqida post qoldirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, PSJ hujumchisi bugun Peruga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi va Braziliya terma jamoasi safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha Pelening rekordiga yanada yaqinlashdi.

"Bugun u mening terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha o‘rnatgan rekordimga yana bir qadam yaqinlashdi. Men rekordimni yangilashi uchun Neymarga muxlislik qilaman. Men uning o‘yinini xuddi birinchi marta ko‘rganim kabi quvonch bilan kuzataman", - dedi Pele.

Ma’lumot uchun, Neymarning Braziliya terma jamoasida kiritgan gollari soni 68 tani tashkil etadi. Pele hisobida 77 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!