"Paxtakor"ning kechagi qahramoni: Murabbiy o‘yinga adrenalin qo‘shish kerakligini aytdi

  • 15 aprel, 2021, 04:51
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" safida rasmiy o‘yinlarda o‘zining birinchi golini urgan Hojimat Erkinov golli uzatma muallifiga ham aylandi. "Traktor" bilan kechgan bellashuv haqida u quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

Tecno

- O‘yinni nazoratimizga olishga urindik, ammo o‘zimizning xatolar evaziga ikkinchi bo‘lim boshida ikki to‘p o‘tkazib yubordik. Shundan keyin oldinga bordik va o‘yinga qaytishga muvaffaq bo‘ldik. G‘alabani saqlab qola olmadik, lekin jamoamiz xarakterini ko‘rsatib qo‘ydi, deb o‘ylayman. Ko‘proq vaziyatlar yaratdik.

Murabbiy meni maydonga tushirayotgan payt jamoaviy harakatlarga ko‘proq energiya, adrenalin berishim kerakligini aytdi. Tezligimdan foydalangan holda jamoaga yordam berishga urindim", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "sherlar" OChL guruh bosqichini 3:3 hisobidagi durang bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ziyodulla Aka
15/04/2021 08:34
Хожиматга гап йук.
&
Ободон
15/04/2021 10:41
Пахтаой хали шошилмай турларинг кейинги уйинларда шармандали маглубиятга учрашингни курамиз
Akrom Ruzibaev
15/04/2021 13:56
Сани Гулбахорингни ютмайдиган жамоа колмайди хали Узб чемпионатида курасан, екмаса мухлислик килма, ичингдаги кирингни курсатишинг шартамас, хамма билиб булди узи сизларни