
"Paxtakor"ning bugungi muhim o‘yin uchun taxminiy tarkibi
"Paxtakor" bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi 4-turni o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladigan bellashuvda toshkentliklarga BAAning "Sharja" klubi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuvda "sherlar" yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bahs "Uzreport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ushbu o‘yin uchun SPORTS.uz sayti "Paxtakor"ning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. Quyida Xyuistra jamoaning asosiy tarkibidan o‘rin egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilari bilan tanishing.
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Ibroxim Halil Yo‘ldoshev, Sherzod Azamov, Anzur Ismoilov, Farruh Sayfiev, Sardor Sobirxo‘jaev, Abror Ismoilov, Sardor Rashidov, Xojimuhammad Erkinov, Dragan Cheran, Eren Derdiyok
Fikrlar