
"Paxtakor"ni yana bir futbolchi tark etdi. U "sherlar" bilan xayrlashdi (foto)
"Paxtakor" yarim himoyachisi Hojimat Erkinov ijtimoiy tarmoqdagi sahfiasi orqali klub bilan xayrashdi.
"Hammaga Assalomu alaykum. Bugun men "Paxtakor" jamoasi bilan xayrlashaman. Men uchun bu jamoa eng kuchli va eng sevimli bo‘lib qoladi. 10 yoshimdan buyon "sherlar" safidaman. Shuni aytishim kerakki, bu vaqt davomida ko‘pchilik o‘z ko‘chini va mehnatini sarmoya qildi. Men ulardan minnatdorman. Barcha muxlislar, murabbiy va klub rahbariyatiga rahmat", - deya yozib qoldirdi futbolchi.
View this post on Instagram
Ma’lumotlarga ko‘ra, Erkinov faoliyatini Rossiyaning "Torpedo" jamoasida davom ettiradi.
Fikrlar