
“Paxtakor”ga yutqazgan jamoa tarkibini kuchaytiradigan bo‘ldi
Qozog‘iston Premer-ligasi vakili “Aktobe” Turkiyadagi o‘rtoqlik uchrashuvida “Paxtakor”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan edi. Ushbu uchrashuvdagi yagona gol Igor Sergeev hisobiga yozildi.
Ushbu bahsdan keyin klub boshqaruv kengashi raisi Sanat Shalekenov yangi mavsum oldidan tarkib kuchaytirilishi haqida ma’lumot berdi.
- Bu davrda uchrashuvlarning natijasiga e’tibor qaratmaymiz. Ular ikkinchi darajada. O‘yin holati birinchi o‘rinda.
Muhim pozitsiyalarda o‘yinchilar etishmasligi sezilib tupibdi. Hozir eng muhimi, sifatli selektsiyani amalga oshirish. Klubning sport bo‘limi hamda murabbiylar shtabi bilan bu borada izchil ish olib borilyapti.
Ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining birinchi haftasi davomida yoki undan ham oldinroq jamoamizni kuchaytira oladigan o‘zimizga kerakli o‘yinchilar bilan shartnoma imzolaymiz. Hozircha ularning nomini oshkor qila olmaymiz, ertami-kechmi buni hamma bilib oladi, - dedi Sanat Shalekenov.
Fikrlar