
"Paxtakor" yangi bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazadi
"Superliga-2021" boshlanishidan avval, "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistra bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, anjuman 4 mart, payshanba kuni soat 11:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Niderlandiyalik mutaxassis Shota Arveladzedan so‘ng, "sherlar" boshqaruvini qo‘lga oldi. Piter Xyuistra jamoada Arveladzega yordamchilik qilayotgandi.
Fikrlar