
"Paxtakor" safiga ikki nafar legioner kelib qo‘shilishi mumkin
Xabaringiz bor, "Paxtakor"ni bir bosh murabbiy Slavche Voyneski hamda futbolchilar Oliver Sharkich, Hojimat Erkinov hamda Kamen Xajievlar tark etdi.
Klub ketganlar o‘rnini to‘ldirish maqsadida bir qator transferlarga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda "sherlar" Moskvaning TsSKA klubiga futbolchisi Ilya Shkuringa qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, poytaxt klubi BATE safida to‘p tepayotgan xorvatiyalik ximoyachi Yakov Filipovich bilan ham muzokaralarga kirishgan.
Ayni vaqtda Supeprligada 1-davra yakuniga etdi. "Paxtakor" hozircha 23 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar
максимми ёки жасур акамизми?