"Paxtakor" raqib tanlamaydi, boshqalarchi?

  • 26 fevral, 2020, 10:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu haftada futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatiga rasman start beriladi. Odatda yurtimizda yangi futbol mavsumi bahor faslining dastlabki oyida yoki dastlabki kunlarida o‘tkazilishiga o‘rganib qolgandik. Bu yil esa PFL milliy chempionatimizni 27 fevraldan boshlanishini ma’lum qildi.

Tecno

Umuman olganda, mavsum fevralning oxirlarida start olishi sababli bu hol klublarni yanada tezkorlik bilan yig‘inlar o‘tkazishga va rejalarini tugatib olishga chorladi desak ham bo‘ladi. Ammo transfer oynasi 7 martga qadar ochiq. Shu bois mavsum boshlangan paytda ham klublar o‘sha sanagacha o‘z tarkiblariga yana yangi futbolchilarni qo‘shib olish imkoniyatiga egalar. Ammo hozirga kelib aksariyat jamoalar o‘z tarkiblarini deyarli shakllantirib bo‘lishdi. Shu bois endilikda biror-bir klubning tarkibida avvalgidek jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rmasak ham kerak. Chunki bu yog‘iga mavsum boshlanyapti va murabbiylarning butun o‘y-hayollari bo‘lajak o‘yinlarga, raqiblarga qaratilgan desak ham mubolag‘a qilmaymiz.

Yaqinda PFL tomonidan yangi mavsum uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazilganini yaxshi bilasiz. Odatda qur’aning ko‘zi ko‘r deyishadi. Chunki unda kimning qaysi raqibga duch kelishini oldindan aytib bo‘lmaydi. E’tiborlisi, qur’a natijalariga ko‘ra birinchi turdagi eng markaziy uchrashuv Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra “Paxtakor” – “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinga bo‘lgan e’tibor kuchli. Ushbu markaziy o‘yin 27 fevralda bo‘lib o‘tadi va aynan mazkur bellashuv bilan “Mavsum-2020” start oladi. 28 fevralda esa “Lokomotiv” – “Andijon” hamda “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” qarama-qarshiligi kuzatilsa, shanba kuni yana ikkita o‘yin – AGMK-“Metallurg” bilan “Mash’al” – “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. 1 mart kuni esa birinchi tur uchrashuvlari yakuniga etadi. Shu kuni “Qizilqum” – “Nasaf” bilan “Surxon” esa “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi.

kura2

Shunday qilib, dastlabki turda siz-u, bizni yuqoridagi juftliklar o‘rtasidagi bahslar kutmoqda. Qur’a tashlangach, klublar raqiblarini bilib olishdi va oradan ko‘p o‘tmasdan birinchi davra taqvimi ham aniq sanalari bilan ishlab chiqilgan holda keng jamoatchilikka e’lon qilindi. Bu ham murabbiylar uchun yana bir qulaylik edi. Chunki qo‘lida aniq taqvim bo‘lsa, shunga qarab tayyorgarlik va ish rejalarini tuzib boradi. Shu o‘rinda taqvimga qarar ekanmiz, qur’a kimgadir ma’qul, yana kimgadir noqulay kelganini ko‘rish mumkin. Aytaylik, dastlabki turlardanoq jamoalar etakchilar bilan duch kelib qolishni u qadar xushlashmaydi. Ko‘pincha, o‘yin “ritmi”ga tushib olishganidan so‘ng davra o‘rtalarida yoki oxirlarida o‘ynashni xohlashadi. Ammo qur’a o‘z nomi bilan qur’a. Masalan, “Paxtakor”dan hamma “qo‘rqadi”, buni endi ochiq tan olish kerak. Chunki bu jamoaning darajasi allaqachon ko‘tarilib ketgan. O‘tgan yili O‘zbekistonda uchta sovrin yutgan “sherlar” bu mavsumda ham barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lish uchun bosh da’vogar hisoblanadi. Boshqalar raqib tanlaydigan paytda esa “Paxtakor”ga kim bilan to‘qnash kelishning mutlaqo qizig‘i ham yo‘q.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Shota Arveldaze jamoasi ilk turni o‘z maydonida “Navbahor”ga qarshi o‘tkazadi. O‘z o‘rnida namanganliklarning taqvimiga qaraydigan bo‘lsak, bir muncha murakkablikni ko‘rishimiz mumkin. Hech kimga sir emaski, “Navbahor” bu yil ham yana chempionlik uchun kurashishini ta’kidlab kelmoqda. Andrey Kanchelskisga esa yana katta ishonch bildirilmoqda. Tarkibda ham shunga yarasha o‘zgarishlar bo‘ldi. Ammo “Navbahor” chempionatni amaldagi chempionga qarshi boshlaydi. Undan keyin esa Namangandagi ochilish uchrashuvida sobiq chempion – “Lokomotiv”ni qabul qiladi. Uchinchi turda “Navbahor” yana bir ochilish bellashuvida ishtirok etadi. Gap Andijonda o‘tadigan vodiy derbisi haqida ketmoqda. Odatda bunday jamoalar qanday holatda va nechanchi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar maydonga tushganda chinakamiga derbiga xos tarzda “jang”ni ko‘ramiz. Bu ham ikkala jamoa uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Qizig‘i, “Navbahor” ushbu derbidan keyin Qarshiga safar qiladi va Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf”ning mehmoni bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, Kanchelskisni oldinda bir-biridan mashaqqatli o‘yinlar kutib turibdi. Biroq o‘z oldiga chempionlik uchun kurashish vazifasini qo‘ygan klub “Paxtakor” kabi raqib tanlamaydi, balki “Navbahor”ga ham endilikda kimlarga qarshi, qachon va qaerda o‘ynashning farqi yo‘qdir...

kura_1

Superligada imkoniyatlari past baholanayotgan “Andijon” uchun esa qur’a va taqvim havas qilgudek emas. Aleksandr Xomyakov jamoasi ilk turni Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin bilan boshlasa, ikkinchi turda “Nasaf” mehmoni bo‘lishadi. Ko‘rib turganingizdek, andijonliklar mavsumni birin-ketin safarda ikkita jiddiy raqibga qarshi boshlashadi. Boya aytganimizdek, ular o‘z maydonidagi ochilish uchrashuvida “Navbahor”ni qabul qiladi. Umuman aytganda, o‘rtamiyonalar uchun ketma-ket etakchilarga qarshi maydonga tushish qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday paytda esa futbolchilarning ruhiyatiga ham ko‘p narsa bog‘liq bo‘lib qoladi.

Masalan, “Nasaf” uchun taqvim risoladagidek, ammo birinchi davraning oxirgi uchta turi ular uchun shunchaki “dahshatli”. 11-turda Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘lishadi, 12-turda Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor”ni qabul qilsa, davraning oxirgi turida “Lokomotiv” maydonida o‘ynaydi. Lekin klublar uchun qur’a va taqvim hech qanday bahona bo‘lmasligi kerak. Chunki qachondir barcha raqiblar bilan o‘ynab chiqishiga to‘g‘ri keladi. Shunchaki, murabbiylar o‘z futbolchilarini har bir o‘yinga to‘g‘ri yo‘nalishda va puxta tayyorlay olsa, marra o‘shaniki bo‘ladi. Demak, murabbiylarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Shuningdek, taqvim davomida tur o‘yinlari 3-4 kunlarga bo‘lib yuborilgan. Masalan, ilk turdagi o‘yinlar ham to‘rt kun ichida o‘tkaziladi. 5-tur bahslari esa aprelda boshlanib iyulda tugashiga nima deysiz? 3-5 aprel kunlari oltita uchrashuv o‘tkazilsa, “Paxtakor” – “Bunyodkor” o‘rtasidagi uchrashuv 8 iyul kuni bo‘lib o‘tishi PFL tomonidan belgilab qo‘yildi va ushbu bahsdan keyin 5-turga yakun yasaladi. Bunga bir qator sabablar bor, albatta. Xullas, nolishga hojat yo‘q, mavsum esa tobora yaqinlashib kelmoqda. Ko‘p narsa esa chempionatni qanday boshlab olishiga bog‘liq. Shunday ekan, dastlabki bellashuvlar ishtirokchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda futbol ichidagi bir tanishim bilan yangi mavsum oldidan mulohaza yuritganimizda chempionatdagi ishtirokchilarni to‘rt qismga bo‘lib chiqdi. “Paxtakor” alohida. Sovrinli o‘rinlar uchun esa “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor”. “Nasaf”,” So‘g‘diyona” va “Surxon” jamoalari kurashishini, autsayderlar sifatida esa “Mash’al”, “Andijon”, “Buxoro” hamda “Qizilqum”ni tilga oldi. “Metallurg”, “Qo‘qon-1912” hamda AGMK klublari esa o‘rtamiyonalar qatorida e’tirof etildi. Albatta, hammasini vaqt ko‘rsatadi, balki siz bilan bizni ilk turlardanoq syurprizlar kutib turgandir yoki aksincha...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fc.navbahor
26/02/2020 14:59
Xakamlar yordam bermasa bir tiyin paxta
&
Hasan fanat pahtakor
26/02/2020 15:35
Onagni s...mı pahtakor
&
fc.navbahor
26/02/2020 16:20
Ogzinga qarap gapir onangni man s....n
&
fc.navbahor
26/02/2020 16:21
Ogzinga qarap gapir onangni man s.....n
&
Hasan fanat pahtakor
27/02/2020 20:18
Birovni qoʻtogʻiga osilishni onangdan oʻrgangan boʻsan kerak pahtakor N1 vechna
Rustam Raxmatullaev
26/02/2020 17:37
Nima bugandayam halol o'yin bulsa muxlislar stadionga boradi.
&
Muhriddin
26/02/2020 13:06
Pahta uchun ishlangan qura
&
Hasan fanat pahtakor
26/02/2020 15:35
Onangni a...ni yepsan
&
Muhriddin
26/02/2020 15:49
Onangni eshak sikkur aqling yetmayaptimi shunga
Jasur Saydullayev
26/02/2020 17:19
Porosat bolsa yetadimi