"Paxtakor" rais o‘rinbosari: "Har qanday rivojlanayotgan klub o‘z akademiyasiga e’tibor qaratish kerak"

  • 3 aprel, 2023, 16:34
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o‘yinda "Paxtakor" safida 9 nafar akademiya tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi.

Tecno

So‘nggi yillarda klub chetdan o‘yinchi sotib olish siyosatiga o‘tib olgan degan gap-so‘zlarga jamoa nuqta qo‘ya oldi deb o‘ylaymiz.

Asosiy tarkibda Hojiakbar Alijonov (1997), Shahzod Azmiddinov (2000), Muhammadqodir Hamraliev (2001), Sardor Sobirxo‘jaev (1994), Abbos Fayzullaev (2003) maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘limda esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (2003), Behruz Asqarov (2003), Diyor Xolmatov (2002) va Rustam Turdimurodov (2004) maydonga tushishdi. Shuningdek, Shahzod Rahmatullaev (2003) va Abu Bakir Ashurov (2003) qaydnomadan joy oldilar. Guvohi bo‘lganingizdek, jamoa kecha 20 o‘yinchidan iborat qaydnomada 11 nafar akademiya futbolchisidan foydalandi.

"Mana sekin biz istagan jamoa shakllanib boryapti. Kecha qayd etilgan natija anchadan beri klubimizda bo‘lmayotganini aytishdi. Xursand bo‘ldik, klub yana o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to‘ldi", - deydi jamoa raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov.

dilshodd

Mutaxassis so‘zida davom etar ekan, quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

- Ko‘pchilik "Paxtakor"ni boshqa jamoalardan kelgan o‘yinchilar evaziga tuzilgan jamoa deyishga urinmoqda. Farruh Sayfiev, Eldor Suyunov, Odil Hamrobekov, Sanjar Quvvatov, Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboev va Doston Hamdamov kabi futbolchilar qonida allaqachon "sherlar" qoni oqyapti. Ular aynan bizning jamoaga kelib yanada o‘sdilar. "Paxtakor" ruhiyati ularning, keyinchalik MTJning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biriga aylanishlariga turtki bo‘ldi. Bu futbolchilar akademiyadan chiqayotgan yosh avlodga o‘zlarining boy tajribalarini o‘rgatyaptilar. Cheran kabi legionerga, menimcha, O‘zbekistondagi istalgan klub muhtoj. Bugun qaydnomadan 11 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lsa, maqsadimiz yana ikki yildan keyin ular sonini 15-16 nafarga chiqarish. Bu borada U-21, U-19 va akademiyaning qolgan yoshlariga homiylar yordamida e’tiborni keskin oshirganmiz.

Maksim Shatskix haqida:
- Uning yaxshi jihatlaridan biri, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarining xizmatlaridan foydalanayotgani. Aslida har qanday rivojlanayotgan klub, avvalo o‘z akademiyasiga e’tiborni qaratish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Рахимов Илхомжон
03/04/2023 18:21
Тан олиш керак
&
Рахимов Илхомжон
03/04/2023 18:21
Бабаянни хизмати катта бўлган