
"Paxtakor" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamga aylanib oldi
O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Marat Bikmaev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar poytaxtliklar Doston Hamdamov va Dragan Cheranning gollari evaziga hisobda oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda Marat muvozanatni tiklaganiga qaramay, "sherlar"ning polshalik legioneri Pshemislav Banashak 79-daqiqada debyut golini urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 26 taga etkazib olgan Shatskix shogirdlari 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 7 ochkosi bor "Dinamo" so‘nggi pog‘onada qoldi.
Fikrlar