"Paxtakor" OChLda yubiley o‘yin arafasida turibdi

  • 12 fevral, 2020, 18:29
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sherlar" Osiyo Chempionlar Kubogi va Chempionlar ligasida hozirgacha 99 uchrashuvda maydonga tushgan. "Shabab Al Ahli"ga qarshi bellashuv 99-bahs sifatida tarixga kirgan bo‘lsa, Eronning "Shahr Xodro" jamoasi bilan 17 fevral kuni Toshkentda o‘tadigan uchrashuv "Paxtakor" uchun ushbu turnirdagi 100-o‘yinga aylanadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Hozirgacha o‘tgan bellashuvlardan ikkitasi Chempionlar Kubogi, qolgani esa Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan. Natijalar shunday ko‘rinish olgan: 45 g‘alaba, 18 durang va 36 mag‘lubiyat. Jami 153 ochko to‘planib, to‘plar nisbati 142-135ni tashkil qiladi.

Shuningdek, "Paxtakor"ning Chempionlar ligasida uydagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 8 taga etdi. Bu borada rekord ko‘rsatkich 2002-2004 yillarda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda "Paxtakor" Toshkentda ketma-ket 11 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azalshoh
12/02/2020 19:33
Olg'a,sherlar!Yagona umidimiz sizdan!