
"Paxtakor" OChLda guruhdan chiqishi uchun bugun "Sharja"ni yutishi shart. "Sherlar" buni uddalay oladimi?
Osiyo Chempionlar ligasi 4-turida juda muhim bahsda "Paxtakor" yana bir bor "Sharja" bilan bellashadi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Sherlar” hozircha, uch o‘yinda ikki ochko to‘plashdi. Guruh bosqichidan nimchorak finalga guruh g‘oliblari bilan birga beshta ikkinchi o‘rin egalaridan uchta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega klublar yo‘l oladi va "Paxtakor"ga imkoniyatni saqlab qolishda g‘alaba juda muhim.
"Sharja" futbol klubi Sharjada 1966 yil tashkil qilingan. Hozirgacha BAA chempionatida olti bor va BAA Prezidenti Kubogida sakkiz marta zafar quchgan. Superkubokda ikki bor g‘olibga aylangan. Oxirgi yillarda ushbu klub BAAning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. Abdulaziz Al-Anbari boshchiligida jamoa etakchilar qatoriga qaytdi.
"Paxtakor" va “Sharja” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da “Sharja” stadionida boshlanadi.
Fikrlar