"Paxtakor" ikkinchi davraga qanday hozirlik ko‘rmoqda? Klub raisi o‘rinbosari jamoaning tayyorgarligi bilan tanishdi

  • 22 iyul, 2021, 10:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbol klubi raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tecno

Qibraydagi bazada jamoaning mashg‘ulotini kuzatishdan tashqari klub raisi o‘rinbosari sport bazasining ayni damdagi holati bilan tanishib, sharoitlarni yaxshilash borasida takliflarni tingladi.

paxtakor_4

Tez orada bazada futbolchilarning mashg‘ulotni qulayroq sharoitda o‘tkazishlari uchun zarur narsalar barpo etiladi. Trenajyor zali, basseyn ishga tushirilib, tezroq tiklanishga yordam beradigan jihozlar keltiriladi.

paxtakor2_1

Murabbiylar shtabi bilan muloqotda jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha tegishli xulosalarga kelindi. Futbolchilardan esa ikkinchi davrada ko‘proq ishtiyoq bilan o‘ynab, sovrinlarga erishish zarurligini klub raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov ta’kidlab o‘tdi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!