
"Paxtakor" ertaga "Traktor" bilan o‘ynaydi. "Sherlar" mazkur klubni bir marta mag‘lub etgan (prevyu)
Chempionlar Ligasi-2021 guruh bosqichini "Paxtakor" jamoasi 14 aprel, chorshanba kuni Eronning "Traktor" jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
BAAning Sharja amirligida markazlashgan holda o‘tkaziladigan guruh bosqichining 1-turida "sherlar" mezbon sifatida maydonga tushadi. Klub matbuot xizmati mazkur bellashuv prevyusini e’lon qildi
Ushbu jamoa bilan 2016 yilgi guruh bahslarida to‘qnash kelingan. Tabrizda raqib 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentda Igor Sergeev tomonidan urilgan yagona gol toshkentliklarga yutuq keltirgan. Tabrizliklar Eron Kubogi sohibi sifatida ushbu turnirga yo‘llanma olishgan. "Traktor" jamoasini Rasul Xatibiy boshqarmoqda.
"Paxtakor" va "Traktor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 aprel, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da "Sharja" stadionida boshlanadi.
"Traktorsozi"ning OChL uchun tarkibi
Darvozabonlar
1. Muhammadrizo Axbari
22. Mehdi Haqiqat
23. Habib Farabbasi
69. Rizo Sayfahmadi
Himoyachilar
3. Muhammadrizo Xonzoda
4. Hadi Muhammadi
14. Meysam Temuriy
15. Abulfazl Razzoqpur
34. Milad Faxriddiniy
44. Erfan Sayidi
55. Peyman Keshavarzi
77. Muhammad Muslimpur
Yarim himoyachilar
6. Akbar Imani
7. Mas’ud Shojaiy
8. Hamid Buhamdan
10. Saman Narimonjahon
18. Ali Fathi
21. Ashkon Dejaga
30. Said Vaseyi
38. Abulfazl Pursheh
48. Muhammad Xurram
67. Said Kokabi
Hujumchilar
9. Peyman Boboiy
11. Mehdi Tikdari
33. Muhammad Abboszoda
70. Amin Asadiy
99. Muhammad Qodiriy.
Fikrlar