
"Paxtakor" - "Sho‘rtan". Liga Kubogi prevyusi
"Sherlar" 14 avgust kuni Liga Kubogi chorak final o‘yinida G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasini qabul qilishadi.
Ushbu musobaqa ilk marta o‘tkazilayotgani sababli jamoalar hozircha turnirda to‘qnash kelishmagan. G‘uzorliklar Pro-liga "A"da ishtirok etishmoqda. 14 uchrashuvda 27 ochko to‘plagan "Sho‘rtan" 2-pog‘onani egallab turibdi va Superligaga yo‘llanma olishga da’vogarlik qilmoqda.
Bellashuvni jamoalardan diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. "Paxtakor" va "Sho‘rtan" uchrashuvi 14 avgust, chorshanba kuni soat 19:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
O‘yinni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
"PAXTAKOR" - "ShO‘RTAN"
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Shohruh A’zamov, Shavkat Rahmatov.
Nazoratchi: Vladislav Tseytlin.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
Fikrlar