
Patris Evra yana "Arsenal" fanatlarini tanqid qildi
Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1:3 hisobida yutqazib, musobaqadan chetlatilgan "Arsenal" yana Patris Evraning tanqid va hazilidan chetda qolmadi.
Mashhur frantsuz sobiq futbolchi va MYu afso‘nasi shunday dedi:
"Meni "Arsenal" uchun afsusdaman. Odamlar shafqatsiz. Arteta – ajoyib inson va yaqin do‘stim. Men u bilan ishlashni hurmat qilaman. Lekin muammo futbolchilarda emas, fanatlarda. Ular hamma narsaga ishonishadi. Ular va’da berishadi, ammo amal qilmaydi. Shuning uchun men ular bilan ish yuritishga ikkilanaman.
Bu jamoa haqida Netflix serialining 21-mavsumi ketyapti deyishimiz ham shuning uchun. Bu shunchaki hazil, chunki barcha natijani oldindan bilib qo‘ygan.
Odamlar men "Arsenal"ga qarshi deb o‘ylashadi. Lekin men ularni yaxshi ko‘raman. O‘z farzandingizni yomon ko‘ra olmaysiz-ku!
So‘ngida u yana londonlik muxlislariga murojaat qildi:
"Shuning uchun umid qilamanki, bu mavsumda MYu, “Chelsi” yoki “Tottenxem” chempion bo‘lmaydi. Agar bo‘lsa, sizlar uchun juda og‘ir bo‘ladi. Lekin men sizni yaxshi ko‘raman!"
Evra avval ham londonliklar haqida "Ularni tomosha qilish – Netflix ko‘rishdek. Har doim keyingi mavsumni kutib yashaysiz"- deya ta’rif berib o‘tgan edi.
Fikrlar