Patris Evra futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 29 iyul, 2019, 15:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq ximoyachisi Patris Evra futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Tecno

"Mening futbolchilik davrim yakuniga etdi. Men 2013 yilda UEFAning B toifasidagi murabbiylik litsenziyasiga o‘qishni boshlaganman. Men uni qo‘lga kiritishni istayman va A toifali litsenziya uchun xarakat qilishim kerak. Agar barchasi reja asosida davom etsa, yarim mavsumdan so‘ng, birorta klubda ish boshlashim mumkin.

O‘z vaqtida Ser Aleks Fergyuson shogirdlari orasida 2 ta futbolchini kuchli murabbiy bo‘lib etishini aytib o‘tgan. Bu Rayan Giggz va men edim," - dedi 38 yoshli frantsuz.

Futbolchi 2017/18 yilgi mavsumni "Vest Xem"da o‘tkazgan va 5 marotaba maydonga tushgan edi. So‘nggi mavsum esa, Evra uchun erkin agent sifatida o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!