"Parij-2024". Medallar jamg‘arish bo‘yicha etakchilarning yakuniy ro‘yxati ma’lum. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

  • 11 avgust, 2024, 21:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Bugun, 11 avgust kuni "Parij-2024" Olimpiadasida so‘nggi o‘yin kuni bo‘lib o‘tdi. AQSh terma jamoasi XXXIII Olimpiada o‘yinlarining medallar ro‘yxatida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Amerikaliklar hisobida 127 medal (40 oltin, 44 kumush, 43 bronza) bor. Xitoylik sportchilar esa 91 ta (40 oltin, 27 kumush, 24 bronza)  bilan medallar jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni Yaponiya yakunlab berdi (45 medal; 20 oltin, 12 kumush, 13 bronza).

O‘zbekiston delegatsiyasida ham natija yomon emas. Cakkizta oltin, ikkita kumush va uchta bronza, umumiy hisobda 13 ta medal qo‘lga kiritildi. Bu ko‘rsatkich bilan vakillarimiz umumiy ro‘yxatning 13-pog‘onasidan joy oldi. 

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘z vazn toifalarida Olimpiada chempionlari – Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev, Lazizbek Mullajonov va Bahodir Jalolovlar bo‘lishdi. Dzyudochi vakilamiz Diyora Keldiyorova, taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov va erkin kurashchimiz Razambek Jamalovlar ham turnirning eng oliy medallarini delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi.

O‘z sport turi bo‘yicha turnirning final bahsigacha etib borgan Svetlana Osipova va Akbar Jo‘raevlar kumush medallariga ega chiqishdi. Bronza medallarini esa Alisher Yusupov. Muzaffarbek To‘raboev va G‘ulomjon Abdullaevlar yurtimizga olib keladigan bo‘lishdi.

Shu tariqa "Parij-2024" O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Olimpiadalar orasida tarixdagi eng yaxshisi bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Усмонбек
11/08/2024 22:46
Кейинги олимпиадада Узбекистон медал жамгариш буйича кучи 3 лик камида 10 ликда булсин омин
Дилшод Хамзаев
11/08/2024 22:41
Илоҳим Лос-Анжелес Олимпиядасида бундаям яхшироқ натижалар бўлсин.бизларга ҳам бориб кўриш насиб қилсин