
Paralimpiya. 5x5 futbolchilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorlanmoqda
Ayni kunlarda ko‘zi ojizlar o‘rtasidagi 5x5 futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari poytaxtimizda joylashgan Milliy paralimpiya qo‘mitasi sport bazasining sun’iy qoplamali maydonida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Ushbu yig‘in futbolchilarimiz uchun joriy yil 9-20 noyabr kunlari Hindistonning Kochi shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Aytish lozimki, Hindistondagi musobaqa 5x5 futbol terma jamoamiz a’zolari uchun birinchi xalqaro musobaqa hisoblanadi.
Fikrlar