"Panserraikos" kambek qildi. Masharipovdan bitta assist!

  • 6 noyabr, 2023, 23:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Gretsiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Panserraikos" - OFI uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Dastlab, Riera hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Zisis imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Uning goliga Masharipov assist amalga oshirdi. Shundan so‘ng 88-daqiqada Murgos g‘alaba golini urdi. Masharipov esa 76-daqiqada jarohat olganligi sabab almashtirildi.  

Shu tariqa, "Panserraikos" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
07/11/2023 00:20
Машарипов ҳақидаги маълумот учун рахмат.