O‘zimdan chiqqan baloga, qayga boray davoga...

  • 4 yanvar, 2023, 23:09
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Atletiko"ga qarshi La Liganing navbatdagi turida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda ispan matbuoti xabar berdi.

Tecno

Bugun ma’muriy sport sudi Levandovskini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Polyak endi La Liganing uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Robert 14-tur doirasidagi "Osasuna"ga qarshi bahsda (2:1) qizil kartochka olgandi. U uchrashuv hakamiga nisbatan noo‘rin ishoralar qilganligi uchun jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni dam La Liga turnir jadvalini "ko‘k-anorranglilar" 38 ochko bilan boshqarib turibdi. "Matraschilar" esa 27 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!