O‘zDJTSUda kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha ochiq birinchilik o‘tkazildi

CHERY AUTO

Joriy yil 28 fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurash zalida Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, O‘zDJTSU sport klubi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevral kuni imzolagan "O‘zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportga oid farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur ochiq birinchilikda 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi.
Musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ushbu marosimida ishtirok etib so‘z olgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Chirchiq shahar prokurori o‘rinbosari Azizbek Ismoilov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, jumladan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan e’tibor xususida ta’kidlab, bellashuv ishtirokchilariga omad tiladi. Murosasiz o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, belbog‘li kurash bo‘yicha 66 kg. da Mansur Abdullaev, 81 kg. da Azim Akbarov, +81 kg. da Ilyos Mirzahmadov hamda +63 kg. da Muslima Ahmedovalar oltin medal egalariga aylanishdi.


Kurash bellashuvlarida esa
66 kg. da Mirodil Murodullaev, 81 kg. da Ozod Soatov, +81 kg. da Bahriddin Abduraimov, +63 kg. da Husnora Abdullaeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
- Haikorlikdagi ushbu ochiq birinchilikni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad, talabalarimizni, yaqin atrofdagi mahalla aholisini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ommaviylikka e’tibor qaratish, shuningdek, milliy sport turlarimiz kurash va belbog‘li kurashni yanada rivojlantirishdan iborat, - deydi O‘zDJTSU Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin Chorshamiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!