
O‘zbekistonning eng kuchli para taekvondochilari aniqlandi
Avval xabar berganimizdek poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyi para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi final janglari o‘tkazildi. Dastlab 61 kg vazn toifasida Buxoro viloyati vakili Tohirov Zuxriddin Samarqand viloyati vakili Muhtorov Sanjarga qarshi jang olib bordi. Ushbu jangda Zuxriddinning qo‘li baland keldi va u O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovar bo‘ldi.
75 kg vazn toifasida esa Qashqadaryo viloyati vakili Aliqulov Javohir Surxandaryo viloyati vakili Asilbek Xusanovni mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.







Fikrlar