
O‘zbekistonning eng kuchli ko‘cha jamoasi aniqlandi
27 aprel kuni 2025 Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha 4x4 formatdagi xalqaro turnir - Red Bull Four 2 Score milliy bosqichi yakunlandi. Jamoalar darvozabonlarsiz, qisqartirilgan maydonda, shuningdek, o‘ziga xos gol tizimi bilan o‘ynashdi. Avstriyada bo‘lib o‘tadigan jahon finalida mamlakat sharafini himoya qiladigan “POSITIVE TM” jamoasi milliy chempion bo‘ldi.
Red Bull Four 2 Score - bu 4 dan 4 formatidagi kichik maydon futbolturniri, 10 daqiqa davomida o‘tkaziladi, tanaffuslar va darvozabonlarsiz. Turnirning o‘ziga xosligi shundaki, o‘yinning dastlabki va oxirgi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochko keltiradi. Bu yil chempionat 25 dan ortiq mamlakatlarda o‘tkazilmoqda va milliy chempionlar sentyabro yida Zaltsburg (Avstriya) bo‘lib o‘tadigan jahon finalida o‘zmamlakatlarini himoya qilish imkoniyatiga ega.
O‘zbekistondagi turnir g‘olibi finalda tajribali "YooToo 1" jamoasini3:0 hisobida mag‘lub etgan “POSITIVE TM” jamoasi bo‘ldi. Eng yaxshi futbolchilar nomiga 63 ta jamoa da’vogarlik qildi. Turnir Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasi hududida bo‘lib o‘tdi. Endi chempionlar Red Bull Four 2 Score Avstriya jahon finalidaO‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
“Hissiyotlar ajoyib! G‘alabadan juda xursandmiz. Final o‘yinidantashqari, ma’naviy jihatdan eng og‘ir bahs do‘stlarimiz — "‘PROGRESS" jamoasiga qarshi o‘yin bo‘ldi”, — deydi "POSITIVE TM" jamoasining 25 yoshli a’zosi Ruslan Veklik. — “Ta’qdir shundaytaqozosi bilan bugun biz chempionmiz va jahon finalida bayrog‘imizuchun faxr bilan kurashamiz!”
Red Bull Four 2 Score — barcha darajadagi o‘yinchilar uchun qiziqarlifutbol turnirida ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Butundunyodan eng yaxshi jamoalar eshtirok etadigan jahon finaliZaltsburgda bo‘lib o‘tadi va ular “Red Bull Zaltsburgning” uy stadionida o‘ynashadi.
Fikrlar