O‘zbekistonning bugungi g‘alabasini qancha muxlis stadiondan kuzatganini bilasizmi?

  • 29 mart, 2022, 21:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Navruz Cup" xalqaro turniri finalida Uganda ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Namangandagi "Markaziy" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan final Eldor Shomurodovning benefisiga aylanib ketdi. "Roma"dagi legionerimiz o‘z xet-trigi bilan "oq bo‘rilar"ning g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.

Stadion suhandoni bergan xabarga ko‘ra, bellashuvni 19150 nafar muxlis bevosita tribunalardan kuzatib borgan. O‘z navbatida, Katanets shogirdlari muxlislarni xushnud etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!