
O‘zbekistonning BAAga qarshi uchrashuvini boshqarib boruvchi hakamlar guruhi ma’lum qilindi
Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan 19:20 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Dubay shahridagi "Al Rashid" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsni bahraynlik Ali Abdulnabi boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Sayid Alavi va Faysal Alavi yordam beradi.
Zaxira hakami sifatida Omar Muhammad Ali faoliyat olib boradi.
Fikrlar