
O‘zbekistonlik velosportchilar birinchi bo‘lib onlayn musobaqada kuch sinashishdi
Karantin kunlarida birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston velosiped federatsiyasi sportchilar orasida onlayn musobaqa o‘tkazdi. Dastlabki bellashuv ilk bor tashkil qilingani uchun ishtirokchilardan ko‘p narsa talab etilmadi va reglament ham shunga mos sodda, tushunarli qilib ishlandi. Qoida oddiy: 30 soniya ichida kim ko‘p erga tayangan holda yotib-turish («otjimanie» qilish).
Musobaqada ishtirok etish uchun 109 nafar sportchimiz o‘z chiqishini hakamlar hay’atiga taqdim qildi. Ishtirokchilar orasida 21 nafar qizlarimizning borligi yanada ahamiyatli ko‘rsatkichdir. Demak, umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ushbu kichik bahsning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
Yigitlar:
1. Nikita Palchik (RIOZMI)
2. Arslan Gafarov (ChIOZMI)
3. Suhrob Qurbonov (UIOZMI)
Qizlar:
1. Nafosat Koziva (O‘zDJTSU)
2. Renata Baymetova (O‘zDJTSU)
3. Anna Kulikova (FIOZMI)
Bellashuv g‘olib va sovrindorlari karantin yakunlanganidan so‘ng federatsiyaning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishadi. Bunday musobaqa, shubhasiz, sportchilarimizning karantin vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘zaro sog‘lom raqobat uyg‘otish borasida katta ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash mavzusida qilgan murojaatlarida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib borish borasida alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. O‘tkazilgan musobaqa mazkur murojaatning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi sportchilari orasida yangicha yondashuv bilan targ‘ib qilindi.
Manba: olympic.uz
Fikrlar