
O‘zbekistonlik mutaxassis kashf qilgan futbolchini Bundesligada kutishyapti
“Zenit” etakchisi Sardor Azmunni Dortmundning “Borussiya”si o‘z tarkibiga chorlamoqda.
O‘z navbatida, “Zenit” ham bu transferga qarshi emas va hujumchi uchun 20 million evro talab qilmoqda. 26 yoshli eronlik futbolchi Sankt-Peterburg jamoasi safida 2019 yilning fevralidan beri to‘p tepmoqda. O‘shanda Azmun “Rostov”dan 12 million evroga xarid qilingan edi.
O‘zbekistonlik murabbiy Andrey Fyodorov yaqinda bergan intervyusida “Rubin”da selektsiya bo‘limini boshqargan paytda Sardor Azmunni sobiq “paxtakorchi” Marat Kabaev kashf qilganini aytgandi.
- Menga selektsiya bo‘limidagi mutaxassislar Oleg Nachaev va Marat Kabaev yordam berardi. “Rubin” uchun biz topgan eng yorqin o‘yinchi haqida gapirsak, bu shubhasiz Sardor Azmun. Birinchi bo‘lib, uni Marat Kabaev Sankt-Peterburgdagi turnirda kashf qilgan. O‘shanda Azmun 17 yoshda edi. Bir yil davomida uni olish ustida ishladik va nihoyat, 18 yoshga to‘lishi bilan eronlik futbolchi Qozonga ko‘chib o‘tdi, - degan edi Andrey Fyodorov.
Fikrlar