
O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning navbatdagi jang sanasi ma’lum! U o‘z titulini himoya qiladi
Bir qator professional bokschilarimiz Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasining mijozi va ular Venamning Xoshimin shahrida tayyorgarlik olib boradi. Bokschilarimiz Vetnamning yirik shahrida yosh o‘zbekistonlik murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida janglarga hozirlik ko‘rishmoqda.
Jumladan, "Kichik Tayson" nomi bilan mashhur, Zufar Sulaymonov shogirdi Olimjon Nazarov(25-5,14 KO) 27 fevral kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. U o‘ta engil vazn (50.8 kg) toifasida WBO Oriental kamari sohibi sanaladi. Mazkur sanadagi to‘qnashuvda u o‘z titulini himoya qiladi.
Shuningdek, ushbu jang kechasida Abdurasul Ismoilov (8-1, 5 KO) hamda Ravshanbek Shermatov (5-1,2 KO) ham reyting janglarida ringga ko‘tariladi.
Mazkur jang kechasi Vetnamda tashkil etiladi. Raqiblar borasida tez orada ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar