O‘zbekistonlik "Jojo" Dubayda jang qiladi yoxud to‘rt nafar yurtdoshimiz "Muaythai Night" turnirida ishtirok etadi

CHERY AUTO

12 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional muaytay kechasi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda to‘rt nafar hamyurtimiz o‘z jangini o‘tkazadi. Aslida, beshta yurtdoshimiz ishtirok etishi kerak edi. Biroq, Bobur Tagievning raqibi jang qilishdan bosh tortdi.

Tecno

juraev

Ahamiyatli jihati, ushbu kechaning markaziy jangi ham o‘zbekistonlik muaytay ustasi ishtirokida bo‘ladi. Ya’ni, “Jojo” nomi bilan mashhur, 76 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Jahongir Muhammadi Nikolas Karilloga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mad

Shuningdek, asosiy karddan 65 kg vazn toifasidagi Shahriyor Jo‘raev jangi ham o‘rin olgan. U filippinlik Amiel Lojo Makatangay bilan to‘qnash keladi. Prelim karddan 54 kg vaznda Abrorbek Madaminov Muhammad Odilga qarshi bahs yuritsa, 76 kg vazn toifasidagi Jamshid Tagiev Umid Yussuf bilan hisob-kitob qiladi.

Jam

Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!