
O‘zbekistonlik jangchi g‘ayritabiiy turnirda raqibini qay ahvolga solganini tomosha qiling
Hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yo‘nalishi bo‘yicha “MAS Fight” turnirida navbatdagi jangini o‘tkazdi. U Tailandning Bankok shahrida tashkil etilgan, ushbu turnirda yurtdoshimiz xitoylik Yan Jili Loksuanga qarshi ringga ko‘tarildi va uni nokautga uchratdi. Xabaringiz bor, MAS Fight” turniri yangi tashkil etilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tarzda o‘tkaziladi. Ya’ni, bir raund bo‘ladi xolos. Ushbu yagona raund 9 daqiqa davom etadi. Eng qizig‘i esa, 9 daqiqa mobaynida nokautga uchratgan tarzdagina g‘alaba qozonishingiz mumkin.Qolgan har qanday holatda ham durang qayd etiladi.
Ma’lumot uchun, Mansurbek muaytayning professional yo‘nalishida 60 ta jang o‘tkazgan, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 bora mag‘lubiyatga uchragan. Faoliyati mobaynida profi yo‘nalishda jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar