
O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati saralash bosqichida!
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 25 mart kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doriasidagi Janubiy Koreya va Iordaniya o‘rtasidagi muhim uchrashuvni boshqaradi.
Mazkur bahsda Tantashevga qanot hakamlari Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin ko‘maklashadi. Zaxira hakami sifatida Rustam Lutfullin, VAR tizimida esa Firdavs Norsafarov va uning yordamchisi Ahrol Risqullaev faoliyat olib boradi.
2027 yilgi Osiyo Kubogi saralashi doirasida Tojikiston va Timor-Leste terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko instruktor sifatida faoliyat olib boradi.
20 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi Yaponiya – Bahrayn bahsida esa Vladislav Seytlin instruktor sifatida ish olib boradi.
Fikrlar