O‘zbekistonlik bokschilar Janubiy Koreyada jang qiladi!

  • 13 fevral, 2024, 14:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2 mart kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. FW 1 promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu boks kechasida bir qator O‘zbekiston vakillari ham navbatdagi janglarini o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

Jumladan, -66,6 kgda Dovruqbek Ibragimov filippinlik Mark Salesga qarshi bahs yuritsa, -63,5 kgda Doniyorbek Hayitaliev Li Mingveyga qarshi ringga ko‘tariladi. Markaziy jangda esa, yana bir hamyurtimiz Shahzodbek Sharobiddinov -57 kgda o‘ziga tegishli bo‘lgan, WBA Asia chempionlik kamarini  Filippin vakili Konrado Tanamordan himoya qiladi. 59,2 kgda Sirojbek Ismoilov janubiy koreyalik Jay Jon Goo bilan bahs yuritadi. Shuningdek, Faryozbek Do‘smatov, Egamberdi Nuriddinov, Shohjahon Abdullaev, Shahbozbek Tolibjonov, Husniddin Marayimovlarning ham jang qilishi ko‘zda tutilgan. Tez orada ularning raqiblariga ham oydinlik kiritiladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ushbu bokschilarimiz Janubiy Koreyaning FW1 promouterlik hamda menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashgan.

koreya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!