
O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi
9 iyul kuni O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi rasman ochildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari 4 avgust soat 23:59ga qadar o‘z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega.
O‘zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya’ni 9 iyul - 5 avgust sanalari oralig‘ida bo‘lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan.
Fikrlar