O‘zbekistonda yangi promoushen ochildi (fotogalereya)

CHERY AUTO

2021 yil 25 iyun, Toshkent - Dubay. “Berkeley Square Project Management” va “Urban Hayot” yangi 7SABER sport kiyimlari va jihozlari brendining taqdimoti doirasida U-1 chempionati “MMA promotion” va “7 Fighting Series” jamoa turniri tashkil etilganligini e’lon qildi.

Tecno

Jamiyat, sport tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining anjumanlar zalida tashkil etilgan tadbirga milliy sport faxriylari ham taklif etildi.

7SABER homiyligida aralash yakkakurash bo‘yicha ikki liga tashkil etilganligi muhim yangilik bo‘ldi. U-1 chempionatining MMA promoushen va "7 Fighting series" jamoaviy turniri nafaqat yangi brendning tanilishini oshirish, balki O‘zbekistonni dunyodagi eng yuqori o‘rinlarga olib chiqish uchun mo‘ljallangan. Oltin va kumush ligalardan tashkil topgan U-1 promoushenining maqsadi o‘nlab musobaqalar orqali eng yaxshi mahalliy jangchilarni aniqlash, ularni jahonning nufuzli promoushenlariga olib chiqish bo‘lsa, "7 Fighting series" turniri esa eng kuchli MMA klublarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Yaqin kelajakda "7 Fighting series"ga 20 ta jamoa kirishi taxmin qilinmoqda.

Quyida ushbu marosimdan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!