O‘zbekistonda tug‘ilgan hujumchining goli AQShni finalga olib chiqdi (video)

  • 5 yanvar, 2021, 11:58
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Kanadada xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent vaqti bilan bugun tongda musobaqaning yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

AQSh terma jamoasi finlyandyalik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, amerikaliklarning g‘alaba golini asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Artur Kaliev kiritdi.

AQSh terma jamoasi finalda Rossiyani yirik hisobda (5:0) mag‘lub etgan Kanada terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Artur Kaliev 2001 yil Toshkentda tug‘ilgan. Uning oilasi Artur ikki yoshga to‘lganida AQShga ko‘chib ketgan. Ayni vaqtda Kaliev Milliy xokkey ligasi (NHL)da ishtirok etuvchi "Los-Anjeles Kingz" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!