O‘zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi

  • 10 may, 2023, 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (PQ-149-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil etildi.

Qarorda doping-test nazoratini tashkil qilish, sportchilar ma’lumotlari kiritiladigan onlayn tizim, shuningdek, antidoping ta’lim elektron platformasi yaratish, Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish platformasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!