
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonning “Ho‘jand” klubiga imkoniyatni boy berdi
Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.
Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur yig‘in doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Bu gal terma jamoamizga qo‘shni Tojikistonning “Ho‘jand” klubi raqiblik qildi. Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda Otabek G‘ulomxo‘jaev yig‘inda qatnashayotgan bir qator futbolchilarning harakatlarini ko‘zdan kechirib olish imkoniga ega bo‘ldi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan o‘yin “Ho‘jand” klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston yo.t.j. – “Ho‘jand” (Tojikiston) 1:3
Bosh hakam: Doston Rahmonov.
Gollar: Xusain Norchaev, Xurshid Ubaydullaev (avtogol) – Jahongir Ergashev, Yuriy Zaxarkiv.
O‘zbekiston yo.t.j: Amal Shavketov, Saidazamat Mirsaidov, Alibek Davronov, Xurshid Ubaydullaev, Xusain Norchaev, Ibrohim Ibragimov, Mirjalol Mirzaev, Bexzod Shamsiev, Sunnatilla Hamidjonov, Muhammadaziz Ibrohimov, Tohir Rafaelov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo‘minmirzo Qodirov, Doston Tursunov, Javohir Jo‘raev, Diyor Xolmatov, Alisher Odilov, Islom Abdullaxonov, Abdulaziz Abdusalomov, Asilbek Obidov, Bobur Sabirov, Ulug‘bek Aknazarov, Asilbek Qayumov, Eldor Begimov.
Yig‘in doirasidagi oxirgi uchrashuv esa 17 iyul sanasida TTYMI stadionida “Lokomotiv” bilan tashkil etiladi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 18 iyul sanasiga qadar davom etadi.
Fikrlar