O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati bronza medali sovrindori!

  • 6 oktabr, 2024, 20:14
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

 

Tecno

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda.

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni aralash juftlik bahslari o‘tkazilyapti. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etayotgan edi. Hamyurtlarimiz avvaliga Xitoyni 4:2 hisobida taslim etdi. Chorak finalda esa, afsuski, Yaponiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bahsida Turkiya terma jamoasi ancha ishonchli ko‘rinishda mag‘lub etildi - 4:0. Bronza medali uchun kechgan hal qiluvchi bahsda esa yoshlarimiz Ozarbayjon ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bronza esa, Janubiy Koreya vakillariga nasib qildi. 
 

Birozdan so‘ng, kechadigan hal qiluvchi final bellashuvda Yaponiya va Frantsiya terma jamoalari turnir g‘olibligi uchun o‘zaro hisob-kitob qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!