
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ishonchli hisobda zafar quchdi
Toshkentdagi "Paxtakor" o‘yingohida O‘zbekiston va Yaman 17 yoshli futbolchilari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Dilshodbek Abdullaev va Shodiyor Shodiboev mualliflik qildi. Bu gol yakunda jamoamizga g‘alabani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yosh toifasidagi futbolchilarimiz 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan U-17 Osiyo kubogida ishtirok etadi. Unda vakillarimiz Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan birga "D" guruhidan joy olgan.
Qayd etish kerak, Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadigan final bosqichi o‘yinlari qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.
Fikrlar