
O‘zbekiston terma jamoasining Ugandaga qarshi taxminiy tarkibi bilan tanishing!
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz "Navruz Cup" turnirida ishtirok etmoqda. Bugun final bo‘lib o‘tadi.
Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda O‘zbekiston MTJ Ugandaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 19:00da boshlanadi.
Quyida vakillarimizning ushbu uchrashuv uchun taxminiy tarkibi bilan tanishing:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullaev.
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov, Sardor Sobirxo‘jaev, Azizbek Amonov.
Hujumchilar: Xojimat Erkinov, Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov.
Fikrlar