
O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari FIFA reytingida nechanchi o‘rinda?
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
23-sentyabrda raqiblik qiladigan Kamerun terma jamoasi FIFA reytingida 38-o‘rinda joylashgan. Keylor Navas hamyurtlari 34-o‘rinni band etib turibdi. Ikki jamoa ham Qatarda o‘tadigan mundialda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz reytingda 77-pog‘onadan o‘rin egallagan.
Fikrlar