
O‘zbekiston terma jamoasining Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini yakunlandi
Hozirgina Ispaniya va O‘zbekiston futzal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Madrid shahrida o‘tkazilgan o‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 7-daqiqada Saul Gomez kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bahodir Ahmedov shogirdlarini oldinda Portugaliya va Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutmoqda.
Fikrlar