
O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Bitta yo‘qotish bor
Joriy yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Yig‘inning dastlabki kuni Toshkentda o‘tadi, keyin esa jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yo‘l oladi.
Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets mazkur yig‘inlarga jalb etilgan futbolchilarining kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, terma jamoamiz etkachilaridan biri Jaloliddin Masharipov hozirda jarohatdan tiklanish davrini o‘tkazmoqda. "Al-Nassr" klubining murojaatiga asosan futbolchimiz ushbu yig‘inni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Fikrlar