O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi: Maradona futbolning Sergey Esenini

  • 26 noyabr, 2020, 20:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashchiy argentinalik sobiq futbolchi Diego Maradonaning vafotidan so‘ng, u bilan bog‘liq xotiralari haqida gapirib berdi.

Tecno

"Maradonaning vafoti futbol uchun katta yo‘qotish. Men uni Sergey Eseninga o‘xshataman: futbol dahosi va bezori yigit. U Argentinaning emas, dunyo futbolining timsoli.

Maradonaning Argentina libosidagi o‘yinlarini ko‘p ko‘rganman, u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U o‘ziga xos edi. U jahon futboli ehtirosli va chiroyli bo‘lishini barchamizga isbotlagan va futbolga yangi uslub olib kirgan", - deya aytib o‘tdi Nepomnyashchiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!