O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi mumkin!

  • 28 mart, 12:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda "Vesti kz" nashri xabar bermoqda. 

Unga ko‘ra, Qozog‘iston futbol federatsiyasi bu borada O‘FA bilan muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuv noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida bo‘lib o‘tishi mumkin. Qozog‘iston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi so‘nggi o‘yinni 15 noyabr kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. "Oq bo‘rilar" esa 10 iyunda "JCh-2026" saralashi doirasidagi Qatarni qabul qilgach, bo‘sh bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlari AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Mundialga chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Vakillarimiz keyingi bellashuvni BAAga qarshi o‘tkazadi. Durang yoki g‘alaba bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Agar mag‘lub bo‘lsak, Qatarni yutishimiz shart bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
28/03/2025 15:27
Алиевни гаплари учун хам козоклар билан уйнаб,йирик хисобда ютиб уни овозини учириш керак
&
Socceruzb
28/03/2025 13:51
ЖЧ га чиқсак, Қозоғистон билан ўйнаш фойдали бўлмаса керак.