
O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘ynaydi
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tayyorgarlik rejasiga asosan, oktyabr oyida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa mazkur yig‘in doirasida Eron vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvlar 7-8 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar