O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, futbolchilar va ikki sharhlovchi Prezident tomonidan mukofotlandi

  • 21 aprel, 15:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Prezident farmoniga ko‘ra, bosh murabbiyimiz "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi", futbolchilarimiz "Kelajak bunyodkori", kechagi o‘yinni sharhlagan Otabek Jo‘raev va Orif Tolipov esa "Shuhrat" medali bilan taqdirlanishadi.

Tecno

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zining yorqin iste’dodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatgani, Osiyo kubogini qo‘lga kiritib, o‘zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochgani, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishida faol ishtirok etib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:  

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiysi

"Kelajak bunyodkori" medali bilan

Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Abdullaev Faridjon Nodirjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Abdumo‘minov Azizbek Ikromjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Aliev Asilbek Ravshanjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Baxodirxonov Muminxon Issoxon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Botiraliev Hojiakbar Xayrullo o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Erimbetov Azizbek Muxammed Ali uli - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Izbaskanov Baxadir Maxsetbaevich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Muradov Amirxon Shuxrat o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Musaxanov Muhammadali Alijonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Muhammadov Akbar Alisherovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Rustamjonov Ne’matulloh Shuhratjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Rustamov Jamshidbek Abrorjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Saidmurodov Behro‘z G‘ayrat o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Sarsenbaev Nurbek Raxatovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Xakimov Muhammad Ulug‘bek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Xasanov Sadriddin Zayniddin o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Habibullaev Muhammad Qodirjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Shokirov Ibroxim Jamshid o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

Shukurullaev Abubakir Aziz o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi

"Shuhrat" medali bilan

Juraev Otabek Rustamovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Sport" ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi

Tolipov Orifjon Boxodirovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Sport" ijodiy birlashmasi "Futbol TV" telekanali muharriri

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!