
O‘zbekiston Tailand bilan durang o‘ynadi
Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Vakillarimiz safida Murodjon Komilov yagona golga mualliflik qildi.
Qayd etish lozim, termamiz navbatdagi uchrashuvni 30 yanvar sanasida mezbon Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar